Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ta'lim olgan Tojikiston Madaniyat vaziri Termizga yetib keldi
Iftixor bilan ta'kidlash lozimki, azaldan qardosh millatlar — O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanib borayotganini kuzatish faxr baxsh etadi, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro maydonda ham o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib bormoqda, deb hisoblaydi Tojikiston Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda.

«Ham Tojikiston, ham O‘zbekiston davlat rahbarlarining siyosatida ajdodlar merosini o‘rganish, saqlash va hayotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ko‘ryapmiz», — deydi Termizda o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga tashrif buyurgan tojikistonlik mehmon.
Orumbekzodaning ta'kidlashicha, baxshichilik san'ati Tojikistonga ham begona emas, ular tojik xalqi orasida go‘ro‘g‘lixon yoki dostonsarolar deb ataladi.
«Tojikistondan 6 nafar, jumladan olim va baxshilar ishtirok etmoqda. Ularning orasida 93 yosh, 78 va 30 yoshni qarshilagan baxshilar festivalga yetib kelgan. Bugun yoshlarimiz ham shu san'atni davom ettirayotgani bizni quvontiradi.
Sovet davrida Termiz shahrida bo‘lganman, Toshkentda ikki yil tahsil oldim. O‘zbekiston tarixiga qiziqishim baland, ammo davlatchilik tariximiz xolis o‘rganilmagan. Bugun tariximizga munosabat boshqacha, u ijobiy tomonga o‘zgardi. Dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan buyuk insonlar voyaga yetgan zaminda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faollikni kuzatyapmiz», — deydi u.

Qo‘shni davlat Madaniyat vaziri festivalning ilk kunidayoq Termiz shahrini aylanib, markaziy kutubxonalardan birining faoliyati bilan tanishdi.
Shu bilan birga 76ta davlatdan 100dan oshiq ishtirokchi ham Termizga kelishi boshlandi.






Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024