Fan-texnika | 00:59 / 05.04.2019
9909
1 daqiqa o‘qiladi

VW Passat dunyoda eng ko‘p sotiluvchi o‘rta sinfdagi avtomobil bo‘ldi

Foto: skrenshot

Volkswagen Passat dunyoda eng ko‘p sotiluvchi o‘rta sinfdagi avtomobil bo‘ldi. 46 yil davomida nemis markasi ushbu modeldagi avtomobildan 30 mln dona ishlab chiqargan. Yubiley sondagi Passat Germaniyaning Emden shahridagi zavod konveyeridan chiqqan. 

Yubiley “Passat” GTE modifikatsiyasidagi kumushrang universal bo‘lib, 156 ot kuchiga ega benzin turbomotor va 115 ot kuchiga ega elektromotor negizidagi gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Ushbu avtomobil elektromotorda 55 km yo‘l bosa oladi. Gibrid hozirdayoq 2021 yildan kuchga kiradigan Euro 6d ekologik me'yorlariga muvofiq keladi.

Hozirda VW Passat uchta qit'ada ishlab chiqariladi, 10 ta zavodda yig‘iladi va 100dan ko‘proq davlatda sotiladi.

Foto: skrenshot

“Passat” ishlab chiqarilishi hajmi bo‘yicha 45 yil ichida 35 mln dona hajmda chiqarilgan “Golf”dangina ortda qoladi.  

Foto: skrenshot

Mavzuga oid