Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB xodimlari «Tramadol» sotuvida gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga olishdi
3 aprel kuni Uchtepa tumanida olib borilgan dorixonalardan tashqarida dori vositalarining noqonuniy sotuvi bilan bog‘liq faktlarni aniqlashga qaratilgan profilaktik tadbir davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 47 yoshli G.A. ismli fuqaro qo‘lga olindi.
Xolislar guvohligida o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida qo‘lga olingan shaxsning yonidan 41 konvaluta va 610 tabletka “Tramadol” dori vositasi, shuningdek 30 tabletka “Lirika” dori vositasi topildi. Bundan tashqari, G.A.ning xonadoni tekshirilgach, xodimlar u yerdan 500 konvaluta (5 000 tabletka) “Tramadol” topishdi.
G.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 22 oktabr kunidan boshlab giyohvandlik vositalarining analoglarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish va boshqa harakatlar uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Qonun bilan tushunmovchilik yuzaga chiqmasligi uchun va o‘zingizni sifatsiz va soxta dori vositalaridan yiroq tutish uchun ularni dorixona tarmoqlaridan boshqa joylarda xarid qilmang. Yodingizda bo‘lsin: shifokorning retseptisiz erkin savdoga cheklangan dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi dorilarni xarid qilishga urinish – qonunga qarshi harakat qilish demakdir”, - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
07:47 / 15.06.2021
Toshkentda IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi
17:34 / 20.05.2021
Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:01 / 06.05.2021
Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
23:51 / 24.02.2021