Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar bo‘yicha yangi qaror imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
davlat notarial idoralari tomonidan – ko‘chmas mulkka oid bitimlarni tasdiqlash ishlarini amalga oshirishda, ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan (yuklangan) va bekor bo‘lgan hollar bundan mustasno;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan – “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida ko‘chmas mulkni (davlat aktivlari qismida) auksion orqali sotishda;
rieltorlik tashkilotlari tomonidan – noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatishda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etayotgan tijorat banklari tomonidan – qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda “yagona darcha” tamoyili asosida Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Belgilanishicha:
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab notarial harakatlar asosida vujudga keladigan Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkka, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma'lumotlar Reyestrga faqat davlat notarial idorasining talabnomasiga asosan elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini o‘zgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning o‘zida Reyestrdan ko‘chirma beriladi;
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
2020 yil 1 yanvardan boshlab ko‘chmas mulk obektini “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish natijasida vujudga keladigan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;
Reyestrdan ko‘chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga ko‘ra elektron va (yoki) qog‘oz shaklida ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) tashkilotlarning ma'lumotlari asosida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza talab etilmaydi;
b) ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni, shuningdek, qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxatga olish yig‘imlari undiriladi va ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi Adliya vazirligi yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (ko‘chmas mulkni “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotishda va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishda) budjetdan tashqari jamg‘armalarining shaxsiy hisobvaraqlariga yoxud tijorat banklarning bank hisob raqamiga;
qolgan mablag‘lar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi;
v) 2020 yil 1 yanvardan boshlab ko‘chmas mulkning yangi egalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ularga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tegishlicha davlat notarial idoralari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda kommunal xizmatlar ko‘chmas mulkning yangi egalaridan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
09:18 / 19.05.2025