Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Dinamo» so‘nggi daqiqada gol urib, «Metallurg»ni yengdi
Superligada 3-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Dinamo» Samarqandda «Metallurg» bilan bellashdi va 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
20-daqiqada mezbonlar yarimhimoyachisi Ixtiyor Toshpo‘latov chiroyli kombinatsiyani yakuniga yetkazib, hisobni ochdi. Biroq, oradan 6 daqiqa o‘tgach, Muzaffar Muzaffarov uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisida «Dinamo» g‘alaba keltiruvchi golni urdi. Jarima zarbasidan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Mirkomil Loqayev boshi bilan darvozabonning ustidan oshirib, to‘rga yo‘lladi.
Bu natijadan so‘ng, «Dinamo» 4 ochko bilan 7-o‘rinda, «Metallurg» ham shuncha ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Superliga, 3-tur
6 aprel, Samarqand, «Dinamo» stadioni
Dinamo (Samarqand) – Metallurg (Bekobod) – 2:1
Gollar: I.Toshpo‘latov (20), M.Loqayev (90+3) – M.Muzaffarov (26)
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov (barchasi Toshkent shahridan)
Dinamo: B.Ergashev, M.Loqayev, H.A'lamxonov, A.Xolmurodov (S.Hamroyev 61), A.Safarov (J.Azimov 80), B.Qosimov, A.Shodmonov, S.Baratov (Q.Nurmetov 66), S.Eminov, I.Toshpo‘latov, Sh.Abdurahmonov
Metallurg: Z.Safoyev, A.Otaxonov, I.Yo‘ldoshev (S.Jeparov 60, M.Isayev 72), I.Isoqjonov, B.Abdurahimov, M.Muzaffarov, Sh.Mullajonov, S.Andreyev, A.Shipilov (K.Tojiyev 33), A.Ismatullayev, S.Tumasyan
Mavzuga oid
13:58 / 28.06.2024
«Metallurg» xodimi cho‘kayotgan yigitni qutqarib qoldi
09:30 / 02.08.2021
«Metallurg» FK bazasida tashkil etilgan «El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation» Futbol Akademiyasiga qabul boshlandi
15:15 / 16.03.2021
«Metallurg» bosh murabbiyi iste'foga chiqdi. Klubga yangi bosh murabbiy tayinlandi
04:22 / 29.06.2020