Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH mudofaa vazirlari 5 may kuni Rossiyada uchrashuv o‘tkazishadi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari 5 may kuni Rossiyada uchrashuv o‘tkazishadi. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS.
U shuningdek, yaqin vaqt ichida MDH shafeligi ostida qator tadbirlar o‘tkazilishini ma'lum qildi.
«31 may kuni Ashxobodda MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi. May o‘rtalarida Dushanbeda maxsus xizmatlar rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ikki haftadan so‘ng MDH parlamentlararo assambleyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda assambleyaga yaqindagina qo‘shilgan O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ham ishtirok etadi», dedi u.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, 15-16 may kunlari Ashxobodda ilmiy va ijodiy doiralar vakillari forumi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024