Pokiston Hindiston yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi

Foto: AP Photo/Mukhtar Khan, arxiv
Pokiston Hindiston 16dan 20 aprelgacha ushbu mamlakatga yangi hujumlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ishonchli razvedka ma'lumotlariga ega. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ma'lum qildi, deb xabar berdi Geo TV kanali.
"Hindistonning Pokistonga nisbatan yangi tajovuzkorlik harakati taxminan 16 va 20 aprel oralig‘ida bo‘ladi. Qo‘limizdagi ishonchli razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Hindiston Pokistonga diplomatik bosimni kuchaytirish va Pokistonga qarshi jangovar harakatlarini oqlash maqsadida Pulvam okrugida bo‘lganidek yangi voqeani rejalashtirishi mumkin", - dedi vazir.
Xabar qilinishicha, Pokiston Hindistonning tinchlikni buzishga urinishi haqida BMT Xavfsizlik kengashining barcha doimiy a'zolarini xabardor qilgan.
Avvalroq Kashmir hududida Hindiston va Pokiston harbiylari bir-birlarining pozitsiyalarini o‘qqa tutishgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

08:58
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi

07:39
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi

22:15 / 09.05.2025
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi

20:21 / 09.05.2025