Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 6 yoshli qiz 26-qavatdan tushib ketib omon qoldi (video)
Xitoyda 6 yoshli qizcha 26-qavatdagi xonadon oynasidan tushib ketib, tirik qoldi.
Ushbu holat pastdagi kuzatuv kamerasida qayd qilingan. Videoda qizcha oynadan tushib ketib, pastdagi avtoturargoh soyaboni tomini teshib o‘tganini ko‘rish mumkin. Qizcha yerga tushgach, o‘rnidan turib biroz oqsoqlagancha nari ketgan.
Qizchani o‘limdan avtoturargoh soyaboni qutqarib qolgan. Guvohlar qizchani mahalliy shifoxonaga olib borishgan, u yerda qizchaga qo‘l sinishi tashxisi qo‘yilgan.
Aniqlanishicha, qizcha kunduzi uyquda bo‘lganda bir o‘zi qoldirib ketilgan. U uyqudan turib, ota-onasini topolmagach, ko‘chaga chiqmoqchi bo‘lgan va bexosdan oynadan tushib ketgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025