Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada noqonuniy yo‘l tutgan fuqaro 49 mln so‘m to‘ladi
Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani «Alqor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro B.I. yashash xonadoni tomorqasida sholini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan «Oyjuvoz» tegirmonini tashkil etib, uyi qishloqning chetrog‘ida joylashganligi sababli hech kim ko‘rmaydi qabilida ish tutib, uyning orqa tarafidan o‘tgan elektr liniyasiga yashirin ravishda ulanib olgan.
B.I. elektr energiyasidan qonuniy foydalanib kelayotganligini ko‘rsatish uchun elektr hisoblagich o‘rnatib, unga atigi 2 dona yoritish lampochkasini ulab qo‘yadi.
MIBning Buvayda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida B.I.ning qilmishi fosh etilib, tegirmonga elektr energiyasi hech qanday ruxsatsiz o‘zboshimchalik bilan yashirin ravishda ulanganligi isbotlab berildi.
Xususan, tegirmonda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olingan elektrodvigatel, tegirmonni harakatlantiruvchi boshqa yuqori kuchlanishli elektr qurilmalar mavjudligi aniqlanib, buning oqibatida tuman elektr ta'minoti korxonasi manfaatlariga jami 49 mln. 798 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.
Byuro xodimlari tomonidan huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 6-qismi bilan bir oylik ixtiyoriy muddatda moddiy zararni to‘liq qoplagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmasligi tushuntirilgach, B.I. o‘z aybini to‘liq tan olgan holda 49 mln. 798 ming so‘m zararni to‘liq qoplagan.
Mavzuga oid
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi
13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
18:40 / 09.11.2024