Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko o‘zini rusiyzabon deb atadi va buni isbotlashga tayyorligini bildirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zini rusiyzabon odam deb atadi va buni isbotlash uchun diktant yoki insho yozishga tayyorligini bildirdi. Poroshenko bu haqda ICTV telekanalidagi “So‘z erkinligi” dasturida aytib o‘tdi.
Ukraina prezidenti mamlakat sharqi aholisiga murojaat qilib, hech kim ularning rus tilida so‘zlashish huquqiga raxna solmasligini ta'kidlab o‘tgan.
“Men o‘zim rusiyzabonman va men uchun rus tilida so‘zlashish mutlaq tabiiy ekanligini ko‘p marta aytganman”, deb ta'kidlab o‘tgan Poroshenko. Shu bilan birga u fuqarolarni ukrain tilini o‘rganishga chaqirgan va shundan keyin ularda “hammasi yaxshi bo‘lishiga” va'da bergan.
Ukrainada ta'lim va media sohasida rus tili mavjudligi sekin-asta kamaytirib borilmoqda. Ukrainaning “Ta'lim to‘g‘risida”gi yangi qonunida “milliy ozchilik tillarida” o‘qitish faqat boshlang‘ich sinflarda qolishi, yuqori sinflarda va oliy ta'lim muassasalarida ta'lim faqat ukrain tilida olib borilishi ko‘rsatilgan. Bunga ko‘plab davlatlar, jumladan Rossiya, Ruminiya, Polsha, Moldova, Bolgariya, Vengriya va Gretsiya norozilik bildirgan.
Mavzuga oid
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:48 / 20.12.2024