Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda IIBB xodimi xizmat mashinasida piyodani urib ketdi. Piyoda halok bo‘lgan
6 aprel kuni Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida taxminan soat 19:30da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi «Lasetti» xizmat avtomobilini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.
Qayd etilishicha, piyoda - ayol kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. IIBB tomonidan ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi belgilandi.
Xabarda aytilishicha, Chilonzor tumani prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025