Jahon | 23:39 / 10.04.2019
13093
1 daqiqa o‘qiladi

Antaliya sohillari yaqinida 3,6 ming yil avval cho‘kib ketgan savdo kemasi topildi

Turkiyaning Antaliya sohillari yaqinida, O‘rta yer dengizida 1,5 tonna mis yombi ortilgan va 3600 yil avval cho‘kib ketgan savdo kemasi topildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 14 metrlik kema Antaliyadagi O‘rta yer dengizi universiteti arxeologlari guruhi tomonidan topilgan. Antaliya viloyati gubernatori Munir Qorao‘g‘lu topilmani suv osti arxeologiyasidagi oldinlash deb atagan.

“Kema bo‘laklari mutaxassislar tomonidan taxminan miloddan avvalgi 1600 yillarga oidligi aniqlandi. Bu kema dunyoda ilk sanoat tovarlarini tashigan kemadir”, deb aytgan Qorao‘g‘lu. 

Olimlarning fikricha, kema Egey dengiziga yo‘l olayotganda dovul vaqtida cho‘kib ketgan.

Mavzuga oid