Jamiyat | 11:44 / 10.04.2019
7190
1 daqiqa o‘qiladi

Hujjatlarda ko‘rsatilmagan avtomobil disklari “qizil” yo‘lakdan “o‘tolmadi”

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Namangan” TIF bojxona postiga xorijiy davlatdan A.Sh. nomiga jo‘natilgan tovarlar “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “qizil” yo‘lakka yo‘naltirildi, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

 Bojxona xodimlari tovarlarni belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 19 million so‘mlik 61 dona avtomobil disklari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 martdan boshlab bojxona rasmiylashtiruvida to‘rt yo‘lakli tizim joriy etildi. Mazkur tizimning qulayligi shundaki, halol tadbirkorlarning ortiqcha vaqt sarflashlari oldi olinib, bojxona nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid