Jahon | 20:52 / 10.04.2019
8265
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko shtabida Zelenskiy Charli Chaplinga qiyoslandi

Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko saylov shtabi vakili Oleg Medvedev prezident lavozimiga nomzod – shoumen Vladimir Zelenskiyni AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan bilan emas, balki hajviy aktyor Charli Chaplin bilan qiyoslash to‘g‘riroq bo‘lishini aytdi.

Ukraina prezidenti saylovlarining 1-bosqichidan bir kun avval “1+1” telekanalida AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan haqida ukrain tilida “Reygan” hujjatli filmi namoyish qilingan. Filmga aynan Zelenskiy ovoz bergan. BBC telekanali tomonidan olingan film aktyorlik kasbini siyosatchiga o‘zgartirib, katta muvaffaqiyatlarga erisha olgan 40-prezidentning hayoti haqida so‘zlaydi. Siyosatshunoslar shu tariqa Zelenskiy shtabida u va Reygan o‘rtasida o‘xshashlik borligini ko‘rsatishga harakat qilingan, deb hisoblashgan. 

“Ular (Zelenskiy jamoasi) Zelenskiy va Reygan o‘rtasida o‘xshashlikni ko‘rsatishga harakat qilishdi. Fikrimcha, Zelenskiy va Charli Chaplin o‘rtasida o‘xshashlikni ko‘rsatish to‘g‘riroq bo‘ladi. Reygan suratga olish maydonchasi yoki sahnadan siyosatga o‘tmagan. U bunga o‘nlab yillarga teng, jumladan ikki marta yutqazilgan kampaniya, Kaliforniyaning 2 marta gubernatori bo‘lishdek yo‘lni bosib o‘tgan”, deb aytgan Medvedev brifingda.  

Ukrainada prezident saylovlarining hal qiluvchi 2-bosqichi 21 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid