Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Beylni transferga qo‘yadigan bo‘ldi, u ba'zi jamoadoshlari bilan kelisha olmay qolgan
«Real» yozgi transfer oynasida hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashishi kutilmoqda.
AS`ning xabar berishicha, uelslik futbolchining boshqa klubga o‘tmay qolishiga uning o‘zi va klubning moliyaviy talablari sabab bo‘lishi mumkin. Beylning o‘zi keyingi mavsumni ham Madridda o‘tkazishga qarshi emas, ammo u klubning rejalaridan xabardor. Shunday bo‘lsa-da, hozirgacha «Real»da Beyl borasida aniq takliflar mavjud emas.
Qayd etilishicha, Garet muxlislar, jurnalistlar va ba'zi jamoadoshlarining ishonchini yo‘qotib qo‘ygan. Jumladan, u jamoa muxlislari va hatto jamoadoshlari bilan ham nizoga borgan, Tibo Kurtua esa uning jamoaviy tushliklarga bormasligidan noroziligini bildirgan.
29 yoshli Beyl bu mavsum «qaymoqranglilar»ning 38 o‘yinida maydonga tushdi va 14ta gol urib, 5ta assist muallifi bo‘ldi. «Real» uni 2013 yilda «Tottenhem»dan 101 mln yevroga sotib olgandi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025