Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Belarusning ikki korxonasi ish boshlashiga doir kelishuvga erishildi
Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibrohimov hamda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyalar Belarus Respublikasida bo‘lishdi. Kun.uz muxbiri o‘z manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Toshkent viloyati Minsk viloyati bilan savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda keng hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda. Ikki viloyat o‘rtasida qator loyihalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Toshkent viloyatida “Mark Formel” qo‘shma korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, “Zdravushka” sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bilan ham sut mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi qurilishiga kelishildi.
Innovatsiya vazirligi bilan Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasi o‘rtasida O‘zbekiston-Belarus komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida to‘qqiz masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Jumladan, tanlov asosida saralangan 10 nafar o‘zbekistonlik doktorant o‘z ilmiy ishini Belarus ilmiy markazlarida olib boradi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025