O‘zbekiston | 10:31 / 11.04.2019
65290
2 daqiqa o‘qiladi

Milliarder Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyatiga 40 mlrd so‘m ajratyapti 

Foto: menswork.ru

Joriy yil 9 aprel kuni asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik, hozirgi kunda Qozog‘iston Respublikasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan Fattoh Shodiyev delegatsiyasini Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayev kutib oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda delegatsiya a'zolari Fattoh Shodiyev tashabbusi bilan “Shodiyev Xalqaro fondi” jamg‘armasi tomonidan Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, xususan Sirdaryo xalqining turmush tarzini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun homiylik hisobiga 40 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilganligini aytib o‘tdi.

Kecha ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘ning qariyb 30 mlrd. so‘mi viloyatning maxsus hisob raqamiga kelib tushgan.

Bildirilishicha, mazkur mablag‘lar “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan viloyatning chekka qishloqlarini obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini, avtomobil yo‘llarini, oqova suv tizimlarini mukammal ta'mirlash, aholini turmush tarzini yaxshilash uchun yo‘naltiriladi. 

Shuningdek, mablag‘ning bir qismi prezident tashabbusi bilan Xovos tumanida barpo etilayotgan “Xovos city” qurilishiga sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fattoh Shodiyev dastlabki ish faoliyatini Sirdaryo viloyatidan boshlagan, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid