Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning Oyga ilk missiyasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi
Isroilning Oyga ilk missiyasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi: Oyga jo‘natilgan “Bereshit” qurilmasi Yerning tabiiy yo‘ldoshi sirtiga qo‘nish vaqtida yaroqsiz holga keldi. Bu haqda Times of Israel nashri ma'lum qildi.
Dastlab qurilmada asosiy dvigatel bilan muammolar yuzaga kelgan, so‘ngra u bilan aloqa uzilgan. Bir necha daqiqadan keyin missiya rahbarlari qurilmani Oy sirtiga qo‘ndira olishmaganini e'lon qilishgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu falokatdan keyin Isroil yaqin yillar ichida Oyga albatta qurilmasini qo‘ndira olishini aytgan.
“Birinchi marta uddasidan chiqmagan bo‘lsak, yana urinib ko‘ramiz. 2,5-3 yildan keyin Isroil fazoviy qurilmasi Oyga albatta bus-butun qo‘nadi”, deb aytgan Netanyaxu.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025