Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Shimoliy Koreya davlat kengashi rahbari etib qayta saylandi
Shimoliy Koreyaning oliy xalq yig‘ini (bir palatali parlamenti) yaqinda o‘tgan saylovlardan keyingi ilk sessiyasida mamlakat yetakchisi Kim Chen Inni davlat kengashi raisi etib qayta sayladi, yangi bosh vazirni tayinladi va konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, sessiya natijalari Shimoliy Koreya markaziy radiosi tomonidan tongda e'lon qilingan.
Shimoliy Koreya bosh vaziri etib Koreya mehnat partiyasining Chagando viloyatidagi qo‘mitasining raisi Kim Chje Ryon tayinlangan. U Pak Pon Chju o‘rnini egallagan.
Sessiya oliy xalq yig‘ini prezidiumi raisi – davlatning marosimlardagi rahbari sifatida Shimoliy Koreyaning eng keksa siyosatchisi Kim Yon Nam o‘rniga Tsoy Ryon Xeni tasdiqlagan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025