Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyadagi urush sababli butun jahonda neft narxi oshib ketishi mumkinligi ma'lum qilindi
Liviya milliy neft korporatsiyasi rahbari Mustafo Sanalla mamlakatdagi nizoning kuchayishi sababli neft va gaz qazib olish to‘xtatilishi mumkinligini bildirdi. Bu esa ularning jahon bozoridagi narxlariga darhol ta'sir ko‘rsatadi, deb yozadi Financial Times.
Uning fikricha, mamlakat energetika sohasi 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanganidan buyon eng jiddiy xavf ostida qolgan. Agar tez orada vaziyatga yechim topilmasa, bu kompaniya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi, dedi Sanalla.
U to‘qnashuvlar to‘xtamaydigan bo‘lsa, tez orada neft yoki gaz qazib olishning iloji bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun jahonda neft narxi oshib ketishiga olib keladi.
4 aprel kuni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni, feldmarshal Xalifa Haftar mamlakatda hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga qaror qildi va «terrorchilardan ozod qilish» maqsadida armiyasi bilan poytaxt Tripoliga yurish boshladi.
Fuqarolar urushi va 2011 yilda prezident Muammar Qazzofiy o‘ldirilganidan keyin Liviyada hech bir tomon hokimiyatni markazlashtira olmadi. 2011 yilning oktyabrida Qazzofiyning muxoliflari o‘tish davri milliy kengashi tashkil qilishgandi. 2012 yilning avgustida hokimiyat ovoz berish yakunlariga ko‘ra saylangan Umummilliy kongressga topshirildi. 2014 yil yozida esa Umummilliy kongress o‘rniga Vakillar palatasi hokimiyatga keldi. Parlament a'zolari qurolli guruhlar nazoratida bo‘lgan Tripolini tark etishdi va mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Tobrukka borib joylashdi.
Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
17:35 / 30.04.2025