Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB Toshkent viloyatida xorijiy kompaniya foydasiga 334 mln so‘m undirib berdi
Toshkent shahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor mas'uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi foydasiga 62.427,28 AQSh dollari, 4.100.000 so‘m davlat boji va 7.200 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli idoralarga so‘rovnomalar yuborilgan va hisob raqamiga band solingan.
Qarzdor mas'uliyati cheklangan jamiyatning yuridik manziliga chiqilib, MChJga tegishli 1 dona tugallanmagan binosi xatlangan.
Natijada, qarzdordan joriy yilning 19 mart kuni 334.000.000 so‘m naqd pul mablag‘i undirilib, pul mablag‘i konvertatsiya qilindi va “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025