Poroshenko va Zelenskiyning tortishuvi videosi e'lon qilindi
Ukrainaning “1+1” telekanali Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar bo‘lgan amaldagi prezident Pyotr Poroshenko va shoumen Vladimir Zelenskiyning jonli efirdagi tortishuvi videosini e'lon qildi.
Poroshenko telekanal studiyasida “Pravo na vlast” (Hokimiyatga huquq) dasturida ishtirok etgan. U dastur davomida Zelenskiy bilan telefonda gaplashib, unga 40 daqiqa ichida studiyaga debatlar uchun kelishni taklif qilgan. Zelenskiy buni qila olmasligini, chunki Parijga yo‘lda ekanini aytgan. Zelenskiy Poroshenko bundan a'lo darajada xabardorligini, chunki Ukraina xavfsizlik xizmati avtomobillari uni aeroportgacha orqasidan kuzatib borishganini aytgan.
Zelenskiy, shuningdek, Poroshenko bilan 19 aprelda “Olimpiyskiy” stadionida uchrashishga kelishib olganini ta'kidlab o‘tgan. O‘z navbatida Poroshenko bunga e'tiroz bildirib, debatlarni 14 aprelda o‘tkazishga tayyorligini aytgan. Shundan keyin ikki nomzod bir-birining gapini bo‘lib, bahslasha boshlagan va oxir-oqibat Zelenskiy go‘shakni qo‘yib qo‘ygan.
12 aprelda Poroshenko va Zelenskiy Parijda Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
20:07 / 22.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
21:46 / 20.09.2024
Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak - Zelenskiy
09:20 / 16.09.2024