Sport | 11:11 / 13.04.2019
6284
1 daqiqa o‘qiladi

«Ayaks» bosh murabbiyi de Ligt yozda boshqa klubga o‘tishini tasdiqladi

Foto: Getty Images

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa sardori Matteys de Ligt yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishini ma'lum qildi.

«De Ligtning «Ayaks»ga qolishi ehtimoli nolga teng. Unga qiziqayotgan klublar ko‘p.

Yo yozda boshqa jamoaga o‘tadi, lekin bu «Barselona» bo‘ladimi yoki «Bavariya», buni bilmayman», – degan teg Xagning so‘zlarini keltirmoqda Suddeutsche Zeitung.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya milliy jamoasining 19 yoshli a'zosiga yuqorida aytilgan ikki klubdan tashqari «Yuventus» va «PSJ» ham da'vogarligi aytilmoqda. 

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid