Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent kengayadi: Zangiotaning 428 gektarlik hududi poytaxt tarkibiga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlari qisman o‘zgartiriladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, natijada Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan O‘zgarish qishlog‘i Toshkent shahri Sergeli tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
O‘tkaziladigan hududda 3 ta MFY (Pastdarxon, Yuqoridarxon, Toshkent) mavjud bo‘lib, jami 428 gektar, shundan, qishloq xo‘jaligi yerlari 111,1 gektar, aholi xonadon osti yerlari 102,8 gektar, qurilishlar, ko‘chalar, saroylar va maydonlar bilan band yerlar 134,8 gektar hamda suvosti, yo‘l osti va boshqa yerlar 78,4 gektarni tashkil etadi.
Aholi soni 5824 nafar. Jami xonadonlar soni 893 ta.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025