Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning uyi yaqinida pulemyot o‘rnatilgan mashinada noma'lum shaxslar ushlandi
Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Zelenskiyning uyi yaqinida politsiya xodimlari tomonidan “Toyota-Prado” avtomobilida pistirmada o‘tirgan uch noma'lum shaxs ushlandi. Bu haqda oliy rada deputati Anton Gerashchenko feysbukda ma'lum qilgan.
Ushlanganlar yo‘ltanlamasning orqa qismini o‘t ochish uchun moslashtirishgan – ular o‘rindiqlarni olib tashlab, yonlaridan topilgan yirik kalibrli pulemyot uchun tayanch vazifasini o‘tagan moslamani o‘rnatishgan.
Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilar o‘z “o‘ljasini” “Perlina Іtalіyi” kottej posyolkasiga olib boruvchi yo‘l yonidagi o‘rmonda kutib o‘tirishgan. Zelenskiyning uyi aynan shu posyolkada joylashgan.
“Qurollangan guruh” ushlangani haqida Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ham xabar qilgan. Biroq uning versiyasiga ko‘ra, ushlanganlar lvovlik jinoiy avtoritetga suiqasd qilmoqchi bo‘lishgan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025