Sport | 19:27 / 16.04.2019
24339
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan «Real» rahbariyatiga yozda klubdan ketadigan besh futbolchi ro‘yxatini topshirdi

Foto: AFP/Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozda transferga qo‘yilishi kerak deb hisoblayotgan futbolchilar ro‘yxatini rahbariyatga taqdim etdi, deb yozadi AS.

Qayd etilishicha, ro‘yxatning birinchi o‘rnida hujumchi Garet Beyl turibdi. Bu haqda uelslik futbolchining o‘zi ham xabardor qilib bo‘lingan.

Ikkinchi bo‘lib Zidan bosh murabbiy lavozimiga ikkinchi marta tayinlanganidan keyingi beshta o‘yinda bor-yo‘g‘i 30 daqiqa maydonda bo‘lgan hujumchi Marino Dias ko‘rsatilgan. Fransiyalik mutaxassis klubni avval ham boshqarganida uning ishonchiga kira olmagan Dani Sebalos, Zidan qaytganidan buyon faqat bitta o‘yinda ko‘rinish bergan Markos Lorente va Ibrohim Dias ham ro‘yxatga tushgan.

Yozda klubni tark etishi aniq bo‘lgan yuqoridagi besh futbolchidan tashqari, Zidan klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolayotgan uch futbolchi – Marselo, Isko va Toni Kroos nomlarini ham alohida ro‘yxat qilgan. Bu futbolchilarning «Real»da qolishi ularga da'vogar klublardan qanchalik manfaatli takliflar tushishiga bog‘liq.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid