Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ayrim hududlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahridagi gaz ta'minoti tarmoqlarida ta'mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan poytaxtdagi ayrim aholi hududlari va maishiy obektlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladigan manzilgohlar ro‘yxati, sanasi va vaqti bo‘yicha ma'lumot berdi.
Ular:
18 aprel kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Yashnobod tumani “Ma'rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 30 ta yakka tartibdagi xonadonda;
18 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Sergeli tumani 5 A mavzesidagi 47 ta ko‘p qavatli uyda;
19 aprel kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod” va “Tirsakobod” mahallalari hamda Gavhar ko‘chasidagi xonadonlar va maishiy-kommunal obektlarda gaz ta'minoti to‘xtatiladi.
Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
11:02 / 23.05.2025