Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha bo‘lmaydi
Toshkent shahridagi ichimlik suvi tarmoqlarida ta'mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi ayrim mahalla va obektlarda suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ta'mirlash ishlari olib boriladigan manzilgohlar sanasi va vaqti ro‘yxatini e'lon qildi:
18 aprel kuni 9:00 dan 19 aprelgacha bir sutka davomida Chilonzor tumanidagi «Charx Kamolon-1», «Charx Kamolon-2», «Charx Kamolon-3» mahallalari, 22 mehribonlik uyi, Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, T.To‘la ko‘chasi 16, 18 uyda hamda Olmazor ko‘chasidagi 2 uyda;
18 aprel soat 23:00 dan 19 aprel 9:00 gacha «Bo‘rijar», «Mevazor», «Yakka tut», «Xirmontepa», «Kichik Xirmontepa» va Shuhrat mahallalarida, Al-Xorazmiy va Mashrab ko‘chalarida, Chilonzor 19, 20 va 20A dahalarida;
18 aprel kuni 9:00 dan 19 aprelgacha bir sutka davomida Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy, Rakatboshi ko‘chasi va Rakatboshi 3-9 tor ko‘chalarida, Sharshara ko‘chasi, tor ko‘chasi va berk ko‘chasida hamda «Turkiston» mehmonxona majmuasida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024