Koreya Respublikasi prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je In Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif dasturiga muvofiq koreyalik prezident Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar va qadamjolarni ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.
«Men O‘zbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elchilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan mashaqqat chekib kelishlariga ikki oycha vaqt ketgandir? Baland tog‘ tizmalari, adirlar va cho‘llardan o‘tib, qor va yomg‘irda qolib, ba'zida jazirama va sovuq bilan kurashib uzoq vaqt sarflagan bo‘lsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin O‘zbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam do‘stlik va ishonch Afrosiyobning g‘arbiy devoridagi sur'atda o‘z aksini topgan. Garchi, Koreya va O‘zbekiston bir biridan uzoqda bo‘lsa ham qadimiy koreys davlati davridan boshlab elchilari kelib ketadigan do‘st davlatlar bo‘lgan», deya Mun Je Inning so‘zlarini keltirmoqda Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanali.
Mavzuga oid

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025