Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongodagi halokatning yana 15 qurboni jasadi Ruanda sohillari yaqinida topildi
Ruanda mutasaddi idoralari Kivu ko‘lining Ruanda qismida 17 aprelda qo‘shni Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) kema halokatida halok bo‘lgan yana 15 kishining jasadini topdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Kivudagi halokat qurbonlarining aniq soni hanuzgacha noma'lum qolmoqda, chunki hamma yo‘lovchilar ham kema bortiga chiqayotganda qayd qilinmagan. KDR hukumati 18 aprelda 104 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan. 19 aprel kechki vaqt topilgan 15 jasad KDR bilan chegaradosh bo‘lgan Rabavu shahri yaqinida suvdan chiqarib olingan. Gap halok bo‘lgan 13 ayol, bir erkak va bir bola haqida bormoqda. Ma'lum qilinishicha, jasadlar KDRga topshirilgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kema ortiqcha yuklangani sababli ag‘darilib ketgan. 33 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
18:58 / 09.03.2025
Kongoda isyonchilar yetakchilarini qo‘lga olishda yordam berganlarga 5 mln dollar va’da qilindi
14:45 / 24.02.2025
Kongo AQSh va Yevropa Ittifoqiga o‘z resurslaridan foydalanishni taklif qildi
22:57 / 04.02.2025