Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlik qilishda gumonlangan shaxs ayol kishini pichoqladi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida shu yil 26 mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida yashovchi B.A. uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi R.Sh. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada R.Sh. kasalxonaga yotqizilib, B.A. ushlangan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida B.A. ayolning turmush o‘rtog‘i, xususiy tadbirkor Sh.B.ga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025