Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahri markazida Damaslar harakati cheklanadi
Namangan shahar markazida Damas rusumli avtomashinalar harakatlanishi cheklanmoqda, deb xabar beradi viloyat YHXB matbuot xizmati vakili. Bu orqali shahar markazida paydo bo‘layotgan yo‘l tirbandligiga qarshi kurash boshlangan.
Ma'lum qilinishicha, Namangan viloyati hokimining 2017 yil 16 martdagi 98F-sonli hamda 2017 yil 7 avgustdagi 275f-sonli farmoyishiga asosan 101, 102, 103, 104, 105 maxsus transport vositalaridan tashqari Damas rusumli avtomashinalarning Namangan shahri hududida harakatlanishi ayrim yo‘nalishlarda cheklanadi.
Xususan, Islom Karimov va Mustaqillik ko‘chalari kesishmalari, Fazo chorrahasi, Otchopar chorrahasi, Islom Karimov va Jaloliddin Manguberdi ko‘chalari kesishmasi, avtovokzal chorrahasi, Amir Temur va G‘irvonsoy ko‘chalari kesishmasi, Taksopark chorrahasi, Alisher Navoiy ko‘chasidagi aylanma harakat Shodlik savdo markazi oldidan, Alisher Navoiy ko‘chasidagi aylanma harakat To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi boshidan va boshqa bir qanchalar ko‘chalardan Damas rusumli mashinada kirish cheklanadi.
«Mazkur hududlardan Damas rusumli avtomashinalarning harakatlanishi cheklangani munosabat bilan YPX xodimlari, davlat soliq inspeksiyasi, «O‘zavtotrans» vakillari, mahalliy kengash deputatlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan», — deydi tashkilot matbuot kotibi.
Garchi harakatlarni cheklash bo‘yicha tegishli hujjatlar 2 yil avval imzolangan bo‘lsa-da, uning ijrosi ayni paytda qat'iylashtirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmayotgan, shahar markazida istiqomat qilayotgan Damas haydovchisi yoxud yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi aynan shu rusumdagi avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi uchun cheklovlar istisno etiladi.
Mavzuga oid
14:06 / 11.10.2024
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:10 / 10.10.2024
200 ming so‘mlik ijara va uch o‘lim: Namangandagi maktab o‘quvchisi sodir etgan ayanchli avtohalokat tafsilotlari
17:55 / 28.09.2024
“To‘lovlar bir xil bo‘lgach, sharoit ham bir xil bo‘lishi kerak emasmi?” – Namanganda haydovchilar “MRO” ahvolidan norozi
20:44 / 02.05.2024