Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada saylovning yakuniy natijasi e'lon qilindi
Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozongani rasman e'lon qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi protokollarning 100 foizi qayta ishlab chiqilgan holatdagi yakuniy natijalarni e'lon qildi, unga ko‘ra Zelenskiy 73,22 foiz ovoz olishga erishgan. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko 24,45 foiz ovoz bilan kifoyalangan.
Ukraina MSK ma'lumotiga ko‘ra, saylov byulletenlarining 2,31 foizi haqiqiy emas deb topilgan.
Prezidentlik saylovining ikkinchi turida davomat 61,37 foizga teng bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bu Ukraina tarixida bir nomzod bu qadar yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozongan ilk saylov bo‘ldi. Bungacha bu boradagi eng yaxshi natijani 1991 yilgi saylovlarda g‘olib bo‘lgan Leond Kravchuk qayd etgandi - u 61,59 foiz ovoz bilan Ukrainaning birinchi prezidentiga aylangan. Uning asosiy raqibi Vyacheslav Chornovol 23,27 foiz, yana bir nomzod Levko Lukyanenko 4,49 foiz ovoz olgan.
Vladimir Zelenskiy dunyoning ko‘plab davlatlari rahbarlari, jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Polsha, Avstriya, Venesuela, Armaniston va Litva rahbarlaridan tabriklarni qabul qilib oldi. Rossiya prezidenti va MDHning boshqa davlatlari rahbarlari hozircha Zelenskiyni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklamadi.
Ukrainada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turidan keyin uchta mintaqada rahbarlar iste'fo berdi - Lvov, Nikolayevskaya va Zakarpatskaya oblastlari.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025