Jahon | 16:50 / 24.04.2019
16708
1 daqiqa o‘qiladi

Karam sho‘rva va chuchvara – Kim Chen Inni Rossiyada milliy taomlar bilan mehmon qilishadi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyada bo‘lib turibdi. Uni Rossiyada nimalar bilan mehmon qilishlari aniq bo‘ldi. Bu haqda Primore o‘lkasi rahbari Oleg Kojyemyako Rossiya 24 telekanali efirida ma'lum qildi.

«Qabul vaqtida rus milliy taomlari tortiladi. Karam sho‘rva (borsh), chuchvara kabi rus oshxonasining o‘ziga xos taomlari bo‘ladi. Va albatta, ikra ham tortiladi. Mehmonlar o‘z oshpazlari bilan kelishgan, lekin ular bizning taomlarni tatib ko‘rishga qaror qilishdi»,- deydi Primore rahbari.

Kim Chen In ertaga, 25 aprel kuni Vladivostokda Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu Shimoliy Koreya rahbarining Putin bilan ilk uchrashuvi bo‘ladi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid