Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi
Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda.
23 aprel kuni atletlar navbatdagi medallarini balandlikka sakrash yo‘nalishida qo‘lga kiritishdi.
Qit'ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Dohada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit'a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.
Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan kifoyalandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.
Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoa vakillarining jamg‘argan medallari 3ta oltin va 1ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:40 / 13.10.2019
Svetlana Radzivil Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi
20:58 / 08.06.2019
Nadiya Dusanova yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida oltin dublga erishdi
18:00 / 30.08.2018
Foto: O‘zbekistonlik yengil atletikachilarga medallar topshirildi
20:30 / 29.08.2018