Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiyani Donbassni anneksiya qilishga tayyorlanishda aybladi
Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «Donetsk Xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi» hududida yashovchilar uchun pasport berishni soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonini qoraladi.
Poroshenko bu farmonni Rossiyaning Ukraina ichki ishlariga «navbatdagi marta mislsiz aralashuvi» deb atagan.
«Gap Kreml bizning davlatimizga yana bir bor agressiya qadami — Ukrainaning Donbassini anneksiya qilish yoki Ukrainada Rossiyaning anklavini tuzish haqida ketmoqda», — degan Poroshenko feysbukdagi videomurojaatida.
O‘z navbatida Vladimir Zelenskiyning shtabidagilar ham Rossiya bu orqali «okkupant-davlat» ekanini tan olgani haqida bayonot berishgan. «Afsuski, bu farmon bizni maqsadga — o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashtirmaydi», — deya qayd etiladi Zelenskiy jamoasi bayonotida. Saylangan prezidentning shtabidagilar prezident «bosib olingan hududlardagi» Ukraina fuqarolariga yordam berishi haqida gapirgan.
Poroshenko ham, Zelenskiy ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytrishni so‘rashgan.
Vladimir Putin Donbass aholisi uchun RF pasporti olishni soddalashtirishni gumanitar xarakterda deb aytgan. «Bizda Ukrainaning yangi hukumati uchun muammo yaratish niyati yo‘q. Ammo vaziyat shundayki, u yerdagi odamlar fuqarolik huquqlarini yo‘qotishgan», — degan Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi
19:47 / 06.01.2025
Rossiya Donbassdagi yana bir muhim shaharni egallagan. Nimalar ma’lum?
19:39 / 08.11.2024