Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Premer-liganing ushbu mavsumi ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
Tarkib quyidagicha ko‘rinishga ega: Ederson Morayes («Manchester Siti»), Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkisi – «Liverpul»), Emerik Laport («Manchester Siti»), Endryu Roberson («Liverpul»), Pol Pogba («Manchester Yunayted»), Fernandino, Bernardu Silva, Raxim Sterling, Serxio Aguero (barchasi – «Manchester Siti»), Sadio Mane («Liverpul»).

Qayd etish joiz, ramziy jamoa uchun APLda bu mavsum eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan posbon Alison Beker («Liverpul») emas, uning «Siti»dagi hamkasbi Ederson Morayes tanlangan. Shuningdek, to‘purarlar ro‘yxatida birinchilar qatorida borayotgan hujumchi Muhammad Saloh («Liverpul») hamda eng ko‘p golga assistentlik qilgan vinger Eden Azarga («Chelsi») tarkibdan joy topilmagan.
Ramziy terma jamoaning 6 futbolchisi «shaharliklar» vakili, 4 a'zosi «qizillar»dan. Yana bir futbolchi – «Manchester Yunayted» xavbeki Pol Pogba.
Eslatib o‘tamiz, kecha PFA «Liverpul» himoyachisi Virgil van Deykni Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilgandi.