Kim Chen Inning zirhlangan poyezdi: limuzin uchun vagon, konferens-zal va pushtirang divanlar
KXDR yetakchisi Kim Chen In 24 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi. U Vladivostokka zirhlangan poyezdda tashrif buyurdi. Xorijga poyezdda borishni dastlab uning bobosi Kim Ir Sen yo‘lga qo‘ygan. So‘ngra bu an'anani uning otasi Kim Chen Ir davom ettirdi. Kim Chen Inning zirhlangan poyezdi qanday ko‘rinishda ekanligini fotogalereyamizda tomosha qilishingiz mumkin.
Kim Chen In poyezdda jami 334 000 km yo‘l bosgan, undan 64 000 km masofa xorijiy tashriflarga to‘g‘ri keladi
1930-yillarda Kim Ir Sen yaponlarga qarshi harakat ishtirokchisi bo‘lgan. U Yaponiya ta'qibidan qutulish uchun 1940 yilda SSSRga qochgan. 1945 yilda esa Kim Ir Sen maxsus poyezdda vataniga qaytgan
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Ir Sen uchun SSSRda tayyorlangan poyezd vagoni zirhlangan bo‘lgan. Aytishlaricha, uni Shimoliy Koreya yetakchisiga Iosif Stalin sovg‘a qilgan. Hozirda maxsus vagon muzeyda saqlanadi
Kim Ir Sen xorijga tashriflarini bronepoyezd va Il-62M samolyotida amalga oshirgan. Uning o‘g‘li Kim Chen poyezdni ma'qul ko‘rgan va uni "o‘z uyi va ish xonasi" deb atagan
Kim Ir Senning asosiy vagoni (suratda) sovet rahbarining qabulxonasi ko‘rinishida bo‘lgan bo‘lsa, uning o‘g‘lining kabineti sun'iy yo‘ldosh telefonlari va kompyuter bo‘lgan zamonaviy xona ko‘rinishida. Kim Chen Ir 2011 yilda mamlakat bo‘ylab safari davomida poyezd vagonida vafot etgan
The Guardian gazetasining yozishicha, Kim Chen Irning "qabulxona, konferens-zallar va yuqori texnologiyali aloqa vositalari bilan jihozlangan hashamatli" oltita poyezdi bo‘lgan. Ammo poyezdlar og‘ir zirh tufayli soatiga 60 kmdan ortiq tezlikda yura olmagan
KXDRning hozirgi rahbari nechta zirhlangan poyezdga ega ekanligi ma'lum emas. Nashrning yozishicha, KXDRning yuqori martabali amaldorlari ixtiyorida 90ga yaqin vagon bor. Ota va o‘g‘ilning poyezdlari tarkibidagi yagona tashqi tafovut ularning raqamlarida. Kim Chen Ir ko‘pincha DF0001 raqamli poyezdda yurgan. Kim Chen In esa DF0002 belgili poyezdda yuradi
Kim Chen Inning 2018 yil martdagi Xitoyga tashrifi vaqtida Shimoliy Koreya televideniyesi zirhlangan poyezdning ichki qismini ko‘rsatdi. Vagonlardan birining ichi oppoq devor, fil suyagi rangidagi pardalar va pushtirang charm divanlar bilan jihozlangandi
Poyezddagi alohida vagon Kim Chen Inning zirhlangan limuzini uchun mo‘ljallangan. Poyezd to‘laligicha zirhlanmagan, faqat ikkita asosiy vagon – xizmat va yashash vagonlari zirh bilan qoplangan. Zirhlangan vagonlarning qoraytirilgan oynalaridan o‘q o‘tmaydi
Kim Chen In Vladivostokka 15ta vagondan iborat poyezdda keldi. Bu vagonlar orasida konferens-zal bo‘lgan va mehmonlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan, ziyofat zali, KXDR yetakchisining ish kabineti va yotoq vagonlari bor.
Aksariyat vagonlar zamonaviy elektronika, plazmali ekranlar va noutbuklar bilan ta'minlangan. Poyezd bortida internet va ishonchli sun'iy yo‘ldosh aloqasi mavjud. Poyezd shuningdek, dizel elektrostansiya va konditsioner tizimi bilan jihozlangan
KXDR yetakchisi bilan birgalikda qator xizmatchilar ham yo‘lga chiqadi. Ular orasida ofitsiantlar, oshpazlar, farroshlar, tansoqchilar va hatto snayperlar bor, deb yozgandi The New York Times
Mavzuga oid
19:37 / 18.11.2024
Kim Chen In KXDR harbiylariga murojaat yo‘lladi
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024