Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armiyadagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari forumi o‘tkaziladi
Kecha, 25 aprel kuni boshlangan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining ikki kunlik forumi bugun o‘z ishini yakunladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yoshlarimiz ma'naviyati va intellektual salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzuida o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mas'ul xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti professor-o‘qituvchilari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan forumning birinchi kunida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularda milliy g‘urur, iftixor va or-nomus fazilatlarini shakllantirish, yoshlar bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va takliflar berildi.
Forumning ikkinchi kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida davom etdi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘limlarida yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ishlar hamda harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi. Bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid ostiga olindi.
Forum yakunida harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining aniq dastur asosida 2019 yil davomida amalga oshiradigan ishlari belgilab berildi. Eng faol yetakchilarga mudofaa vazirining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025