Jamiyat | 12:55 / 26.04.2019
17529
1 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion kitob taqdim qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida, jajji bolajonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida, O‘zbekistonda ilk bor bolalar uchun o‘zbek tilida “Aldarko‘sa va boy” hamda “Ikki do‘st” nomli tinglab o‘qiladigan yangi ertak kitobcha nashrdan chiqdi.

Unda ertak qahramonlari, jonivorlar va afsonaviy jonzotlar tinglovchini qiziqarli, sehrli ertaklar olamiga chorlaydi.

Jajji bolalar uchun nashr qilingan ushbu kitob xalq ertaklaridan tuzilgan bo‘lib, unda rang-barang bezaklar o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan mehri va qiziqishini orttirishi shubhasiz.

G‘oya mualliflari: Sagdiyev Kamoliddin, Akbarov Abror.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid