Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamchiligi bo‘lgan mahsulotlarning bazasi yuritiladi
Hukumat qarori bilan Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, monitoring “O‘zstandart” agentligi tomonidan kamchiligi bo‘lgan mahsulotlarning Bazasini yuritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlar bojxona, ekologiya, karantin, qurilish, sog‘liqni saqlash va boshqa vakolatli organlar tomonidan aniqlanadi.
Kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar “O‘zstandart” agentligiga beriladi hamda Agentlik mazkur ma'lumotlarni Bazaga kiritadi.
Agentlik har hafta kelib tushgan axborotni umumlashtiradi va kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risidagi hisobotni vakolatli organlarga, Savdo-sanoat palatasiga va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga, yirik savdo tarmoqlariga yuboradi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan ishlab chiqaruvchi Agentlikka mahsulotni Bazadan chiqarish to‘g‘risida murojaatnoma yuboradi.
Agentlik o‘rganish natijalari ijobiy bo‘lsa, mahsulotni Bazadan chiqaradi.
Mavzuga oid
11:44 / 01.05.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
09:51 / 15.04.2025
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
12:12 / 16.01.2025