Jahon | 08:30 / 26.04.2019
43677
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi

Foto: BNews.kz

Qozog‘istonning Atirau shahrida 1990 va 1991 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs 16 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi S.Ya.ni o‘z kvartirasidan zo‘rlik ishlatib o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.

Ushbu shaxslar o‘g‘irlab ketilgan fuqaroning do‘sti, O‘zbekiston fuqarosi M.S.dan 300 ming tenge talab qilishgan. Aniqlanishicha, hujum qilgan shaxslar bundan oldin ham M.S.dan zo‘rlik ishlatish tahdidi ostida 100 ming tenge miqdorida pul olishgan.

Barcha uch nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning yonidan jabrlanuvchilar pullari va buyumlari, shuningdek, o‘g‘irlab ketilgan fuqaroni kaltaklashda qo‘llanilgan nunchaki hamda qurbonlarning biriga tegishli bo‘lgan «Lada Largus» avtomobili kaliti topildi. 

Jinoyatchilarga nisbatan odam o‘g‘irlash va tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Mavzuga oid