Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 52 yoshli fuqaro yetkazilgan jarohatdan vafot etdi
2019 yil 19 aprel kuni Samarqand tumani Sulfakabutak mahallasida yashovchi 21 yoshli Sh.F. Samarqand shahri M.Ulug‘bek ko‘chasida o‘zaro janjal tufayli Samarqand shahar Mir Said Baraka mahallasida yashagan 52 yoshli B.M.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada B.M. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 20 aprel kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.F. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025