Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanning sobiq prezidentining sog‘lig‘i yomonlashayotgani ma'lum qilindi
Sudanning armiya tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan sobiq prezidenti Umal al-Bashirning sog‘lig‘i jadal yomonlashmoqda. Bu haqda Sudanning Akhir Lahza nashri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Xartumning markaziy turmasida saqlanayotgan 75 yoshli siyosatchi bir nechta kasallikdan aziyat chekadi. “Uning ortidan terapevt, kardiolog, otolaringolog, nevropatolog va revmatologdan iborat shifokorlar brigadasi muntazam kuzatuv olib bormoqda. Turmadagi sharoitlar al-Bashirning salomatligi ortidan tegishlicha kuzatuv olib borish va uning zo‘raygan kasalliklarini davolashga imkon bermaydi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq al-Bashir turmada ochlik e'lon qilib, ovqat yeyishdan bosh tortgani, uning holati venaga yuboriluvchi ozuqaviy dorilar bilan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida ma'lumot berilgan.
Sky News Arabiya telekanalining xabar berishicha, uzoq yillar raisi al-Bashir bo‘lgan “Milliy kongress” partiyasining aktivlari 31 mlrd dollardan oshadi. Bu aktivlarga 3 mingdan ko‘proq kompaniya va muassasa, 5 mingdan ko‘proq qimmatbaho avtomobil, turli investitsiyaviy jamg‘armalar, 1,5 ming bino kiradi.
Sudanning “At-Tayyor” nashrining yozishicha, ushbu aktivlardan aksariyati sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.04.2025
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
16:45 / 26.02.2025
Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi. 40 dan ortiq inson halok bo‘ldi
14:44 / 08.01.2025