Jamiyat | 18:23 / 27.04.2019
15924
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida piyodalar o‘tish joylariga yangi ko‘rinishdagi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda

Toshkent viloyati hududida piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida A373a “A373 avtoyo‘lidan Toshkent shahriga” avtomobil yo‘lidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylari haydovchilarga qulay bo‘lish uchun yangi namunadagi zamonaviy nur qaytaruvchi 5.16.1 va 5.16.2 “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilari bilan jihozlanib, yo‘l yotiq chiziqlari oq-sariq ranglarga bo‘yalmoqda.

Ushbu yo‘l belgisini chetki qismidagi ajralib turuvchi rang ko‘k rangdagi yo‘l belgilardan farqli ravishda uzoqdan haydovchini e'tiborini o‘ziga tortadi va haydovchi oldindagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganligini anglagan xolda boshqaruvidagi transport vositasini tezligini nazorat qila olish imkonini beradi. 

Natijada haydovchi piyodalarga yo‘l berishga erishilib, yo‘l-transport hodisalarining oldi olinadi.

Mavzuga oid