Jamiyat | 15:54 / 28.04.2019
20435
1 daqiqa o‘qiladi

Orolda Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi

Foto: O‘zA

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan «Orolga hayot qaytmoqda» shiori ostida yo‘rg‘a tuvaloqlar Mo‘ynoq hamda Qo‘ng‘irot tumanlarida tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tabiat qo‘yniga 1000 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan International fund for houbara conservation markazida ko‘paytirilgan.

Joriy yil mart oyida ham 2382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborilgan edi.

Ma'lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.

Mavzuga oid