Jahon | 10:24 / 28.04.2019
9238
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada noma'lum kimsa imperator almashishi oldidan 12 yoshli shahzodaga tahdid qildi

Foto: trend.az

Yaponiyada 30 aprelda 85 yoshli imperator Akixito taxtdan voz kechadi, 1 may kuni esa taxtni uning to‘ng‘ich o‘g‘li, valiahd shahzoda Naruxito egallaydi. Shu munosabat bilan o‘tadigan tantanalar oldidan barcha maktablar yopilgan. Biroq ulardan biriga noma'lum kimsa ishchi ko‘rinishida kirib, imperatorlik oilasining kichik vakillaridan biriga tahdid qiluvchi belgi qoldirgan. 

Gap Akixitoning nabirasi shahzoda Xisaxito haqida bormoqda. Bola hozirda Tokiodagi o‘rta maktablardan birida tahsil oladi. Noma'lum kimsa aynan u o‘qiydigan maktabga kirib, u o‘tiradigan partani topib, uning ustiga pichoq qo‘yib ketgan.

Gumonlanuvchini hozircha ushlashga muvaffaq bo‘linmagan.

12 yoshli Xisaxito imperatorning kenja o‘g‘li – shahzoda Akisinoning o‘g‘li bo‘lib, taxtga vorislik qilish tartibi bo‘yicha amakisi Naruxito va otasidan keyin uchinchi hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid