IIBB Toshkentdagi ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan hodisa bo‘yicha ma'lumot berdi
Turmush o‘rtog‘i A.I. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida davolanayotgan ayolning murojaati internetda e'lon qilindi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
O‘z murojaatida u shifoxonada davolanayotgan bemorlar bu yerda ishlovchi tibbiy xodimlar tomonidan muntazam tahqirlanishi haqida xabar bergan.
Qayd etilishicha, bundan oldin, 25 aprel kuni 102 raqamiga fuqaro R.A.dan xabar kelib tushgan. U yuqorida ko‘rsatilgan bemorning qarindoshi bo‘lib, shifoxona tibbiy xodimi bemor A.I.ga tan jarohatlari yetkazgani haqida aytgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan choralar ko‘riladi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, ushbu murojaat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha qator nashrlarda tarqalgan videoda tibbiy forma kiygan shaxsning kasalxona yo‘lagida bemorni yerga yiqitgani va ustiga minib ikki qo‘li bilan bo‘ynidan ushlab turgani tasvirlangan.
Ma'lumot uchun: 1896 yilda qurilgan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi 2013 yilda qayta ta'mirlangan.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024