Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Porsche kompaniyasi “dizel mojarosi” tufayli 535 million yevro jarimaga tortildi
Shtutgart prokuraturasi Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi Porsche avtokompaniyasini dizel mojarosi bilan bog‘liq ish bo‘yicha 535 million yevro jarimaga tortdi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq Shtutgart prokuraturasi Porsche kompaniyasining mas'ul shaxslari qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerakli choralarni ko‘rmaganlikda gumon qilib ish ochgani xabar qilingan.
Qayd etilishicha, jarima solinishiga konstruktorlik bo‘limi tomonidan yo‘l qyo‘ilgan loqaydlik va majburiyatlarni bajarmaslik sabab bo‘lgan. Natijada dizel avtomobillaridan ajralib chiquvchi azot oksidi me'yordagidan ortiq bo‘lgan. Gap V6 va V8 dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar haqida bormoqda.
Avvalroq Volkswagen AQShdagi "dizel mojarosi" sababli 30 mlrd yevro yo‘qotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025