Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maqoladan so‘ng: Pastdarg‘omlik bezori 15 sutkaga qamaldi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi Ulug‘bek mahallasidan istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlaridan so‘ng Kun.uz’da joriy yil 25 aprel kuni «Pastdarg‘omlik bezori mahalla tinchini buzmoqda: hokim, IIB boshlig‘i va prokuror jim» sarlavhali material e'lon qilingandi.
Surishtiruvda fuqaro S.Ziyayevning mahalladagi bir necha kishiga nisbatan bezorilik harakatlari va boshqa qoidabuzarliklari haqida bayon qilingandi. Bundan tashqari, S.Ziyayev tomonidan mahalladagi umumiy foydalanuvdagi yo‘lakning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi tanqid qilingandi.
Joriy yil 6 may kuni Past Darg‘om tuman ma'muriy sudi raisi V.Fayzullayev raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida mazkur holat to‘liq o‘rganib chiqildi. S.Ziyoyev O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ziyayev tomonidan amalga oshirilgan yana bir qator qonunbuzilishlar bo‘yicha esa fuqarolarning arizalariga asosan tuman prokuratura va IIB tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025